Namangan viloyatida tashqi savdoni qoʼllab-quvvatlash hamda MDH davlatlari bilan ushbu sohadagi hamkorlikni yanada mustahkamlash boʼyicha olib borilayotgan chora-tadbirlar natijasida,
2021- yil yanvar-iyul oylarida, tashqi savdo aylanmasida MDH davlatlarining ulushi 49,6 % ni yoki 298,8 mln.AQSh dollarni tashkil etib, tashqi savdo aylanmasidagi ulushi 2020- yilning mos davriga nisbatan 11,2 % ga oshgan.
? Soʼnggi uch yilning yanvar-iyul oylarida MDH davlatlari bilan tashqi savdo aylanmasi hajmi:
?2021- yil - 298,8 mln.AQSh dollar,
?2020- yil - 268,7 mln.AQSh dollar,
?2019- yil - 242,8 mln.AQSh dollarni tashkil etgan.
✅ Maʼlumot oʼrnida: 2021- yil yanvar-iyul oylarida MDH mamlakatlariga eksport hajmi 183,7 mln.AQSh dollarini tashkil etib, MDH mamlakatlaridan import qilingan tovar va xizmatlar hajmi 115,2 mln.AQSh dollarini tashkil etgan.
Matbuot xizmati