27/08/2021

Аholini roʼyxatga olishni oʼtkazishga quyidagi toifadagi xodimlar jalb qilinadi:
respublika darajasida - respublika komissiyasi tarkibiga kiritilgan vazirlik va idoralar, Qoʼmita markaziy apparati hamda Qoʼmita huzuridagi Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti xodimlari;
hududiy darajada - hududiy komissiyalar aʼzolari, hududiy statistika boshqarmalari xodimlari hamda shartnoma asosida vaqtincha jalb etiladigan birlamchi maʼlumotlarni elektron bazaga kiritish markazlari xodimlari;
tumanlar (shaharlar)da - tuman va shahar statistika boʼlimlari xodimlari va shartnoma asosida vaqtincha jalb etiladigan tuman va shahar roʼyxatga olish boʼlimlari hamda roʼyxatga olish uchastkasi, instruktorlik va hisob uchastkalari xodimlari.
Normativ-huquqiy hujjatlar, qoʼllanma va maʼlumotnoma hujjatlarni ishlab chiqishda ishtirok etish, aholini roʼyxatga olishni moliyaviy va mod diy-texnik taʼminlashda hisob-kitoblarni tayyorlash uchun qoʼshimcha ravishda shartnoma asosida mutaxassislar jalb qilinishi mumkin.
Qoraqalpogʼiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar (shaharlar) hokimliklari aholini roʼyxatga olish uchun jalb etiladigan shaxslarni belgilangan talablar asosida tanlab oladi va roʼyxatini shakllantiradi.
Аholini roʼyxatga olishga tayyorgarlik koʼrish va uni oʼtkazishga jalb etiladigan shaxslar roʼyxati Qoraqalpogʼiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzuridagi hududiy komissiyalar tomonidan tasdiqlanadi.
Аholining ayrim toifalariga nisbatan shaxsga doir maʼlumotlarni yigʼish jarayonlariga vaqtincha jalb etiladigan shaxslar roʼyxati tegishli tashkilotlar rahbarlari tomonidan shakllantiriladi.

Namangan shahar statistika bo‘limi