30/08/2021

Joriy yilning yanvar-iyul oylarida Namangan viloyatida 189.5 mln.AQSh dollarlik to`qimachilik mahsulotlari eksporti amalga oshirildi. Bu ko‘rsatkich 2020- yilning mos davriga nisbatan 49,9 % ga o`sdi. Eksport qilingan to`qimachilik mahsulotlari umumiy eksportning 72,3 % ini tashkil etdi.

To`qimachilik mahsulotlari eksporti hajmining oshishi bevosita paxta xomashyosi o`rniga tayyor mahsulot ishlab chiqarish va qo`shimcha qiymat yaratish maqsadida amalga oshirilgan islohotlarning natijasi ekanini ko`rish mumkin.

Ma'lumot o‘rnida, Namangan viloyati jahondagi 45 ta davlatga jami 262,1 mln.AQSh.dollari miqdorida tovar va xizmatlar eksportini amalga oshirgan.

Matbuot xizmati