06/09/2021

Namangan viloyatida 2021- yil yanvar-iyul oylari davomida iste’mol mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 4 trln. 054,7 mlrd.so‘mni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich 2020- yilning mos davriga nisbatan 117,8 % ga o‘sgan.

O‘sish suratining ortishiga tayyor mahsulot turlarini kengaytirish va ishlab chiqarilishini qo‘llab quvvatlash bo‘yicha amalga oshirib kelinayotgan chora-tadbirlar natijasi ekanini ko`rish mumkin.

Hududlar kesimida 2021- yilning yanvar-iyul oylarida iste’mol mahsulotlari ishlab chiqarish hajmlari mlrd. so‘m:
?Namangan sh – 1 796,9
?Namangan – 421,8
?To‘raqo‘rg‘on – 289,2
?Chust – 284,8
?Kosonsoy – 281,2
?Uchqo‘rg‘on – 205,1
?Uychi – 170,7
?Mingbuloq – 164,4
?Pop – 138,5
?Yangiqo‘rg‘on –118,6
?Chortoq – 92,9
?Norin – 60,8 mlrd. so‘mni tashkil etgan.

Ma'lumot o‘rnida, 2021- yil yanvar-iyul oylarida iste’mol mahsulotlari ishlab chiqarishning jami sanoatdagi ulushi 55,8 % ni tashkil etdi.

Matbuot xizmati