07/09/2021

Namangan viloyatida 2021- yil yanvar-iyul oylarida xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar tomonidan 1 trln. 858,8 mlrd. soʼmlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarildi.
Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarning umumiy ishlab chiqarishdagi tutgan ulushi 25,6 % ni tashkil etdi.

♻️ Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar tomonidan oʼtgan uch yil yakuni boʼyicha ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlari hajmi:
?2020- yil - 2 trln 815,3 mlrd. soʼm
?2019- yil - 2 trln 663,2 mlrd. soʼm
?2018- yil - 1 trln 320,9 mlrd. soʼm

✅ Maʼlumot oʼrnida, 2021- yilning yanvar-iyul oylarida viloyat korxonalari tomonidan 7 trln 263,8 mlrd. soʼmlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan boʼlib, 2020- yilning mos davriga nisbatan sanoat ishlab chiqarishning fizik hajm indeksi* 112,8 % ni tashkil etdi.

Matbuot xizmati