08/09/2021

Mazkur Nizom "Аholini roʼyxatga olish toʼgʼrisida"gi Oʼzbekiston Respublikasi Qonunining 24-moddasi va Vazirlar Mahkamasining 2020- yil 11- noyabrdagi "Oʼzbekiston Respublikasida 2023- yilda aholini roʼyxatga olishga tayyorgarlik koʼrish va uni oʼtkazish chora-tadbirlari toʼgʼrisida"gi 710-son qaroriga muvofiq ishlab chiqilgan boʼlib, 2021- yilda sinov tariqasida aholini roʼyxatga olishga tayyorgarlik koʼrish va uni oʼtkazish jarayonlarida aholining ayrim toifalariga nisbatan shaxsga doir maʼlumotlarni yigʼish jarayonlarida foydalanish uchun moʼljallangan.
Unga koʼra Аholining ayrim toifalariga nisbatan shaxsga doir maʼlumotlarni yigʼish "Аholini roʼyxatga olish toʼgʼrisida"gi Oʼzbekiston Respublikasi Qonunining 24-moddasiga muvofiq Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabrdagi 710-son qarori bilan tasdiqlangan З.4-ilova 4-shakl "Аholining ayrim toifalariga nisbatan shaxsga doir maʼlumotlami yigʼish boʼyicha savolnoma" hamda 3.2-ilova 2-shakl "Shaxsga oid savolnoma" asosida amalga oshiriladi.
Аholining ayrim toifalarini roʼyxatga oluvchi tashkilotlar (keyingi oʼrinlarda Maxsus tashkilotlar) hududida joylashgan har bir turar-joy binolari va yotoqxonalardagi shaxsiy uy xoʼjaliklari uchun 3.1-ilova 1-shakl "Turar joyning xususiyatlari va unda yashovchilar roʼyxati", zarury boʼlganda esa, aholini roʼyxatga olish varagʼining boshqa shakllari toʼldiriladi.

Davlatobot tuman statistika bo'limi