13/09/2021

Joriy yilning 10- sentabr kuni Birlashgan millatlar tashkiloti va BMTning qochqinlar bo’yicha oliy komissari boshqarmasi tomonidan “Markaziy Osiyoda nofuqarolikka barham berish” bo’yicha onlayn tarzda xalqaro konferensiya tashkil qilindi.

Mazkur konferensiyada Markaziy Osiyo davlatlari vakillari ishtirok etishdi. O’zbekiston Respublikasidan konferensiyada Tashqi ishlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Adliya vazirligi, Sog'liqni saqlash vazirligi, Davlat statistika qo'mitasi hamda Inson huquqlari bo'yicha milliy markazning mas’ul vakillari ishtirok etishdi.

Konferensiyadan ko’zlangan asosiy maqsad – nofuqarolik sohasidagi xalqaro standartlarni muhokama qilish, 1954, 1961- yillardagi  nofuqarolik konvensiyalariga a’zo bo’lishga ko'maklashish, mintaqadagi fuqaroligi bo'lmagan aholi, shuningdek, nofuqarolik sohasidagi umumiy vaziyatni tahlil qilishdan iborat.

Bundan tashqari, konferensiyada #IBelong global kampaniyasi doirasida Markaziy Osiyoda nofuqarolikka barham berish bo'yicha umumiy holatni baholash bo’yicha ma’ruzalar tinglandi.

 

Davlat statistika qo’mitasidan mazkur tadbirda Demografiya va mehnat statistikasi boshqarmasi boshlig’i Zoyir Yuldoshev ishtirok etdi.

Matbuot xizmati