Joriy yilning 15- sentabr kuni Namangan viloyati statistika boshqarmasi binosida 1 – umumta’lim shakli (yillik) Davlat statistik hisobotini eStat4.0 onlayn tizimi orqali taqdim etish boʻyicha seminarlar bo‘lib o‘tdi. Seminarda umumta’lim muassasalari hamda nodavlat umumta’lim tashkilotlari mas'ul xodimlari ishtirok etdi.
Tadbirda Ijtimoiy soha statistika bo'limi boshlig'i R. Yunusov 2021/2022 – o‘quv yili boshiga statistika organlariga taqdim etiladigan “Umumta’lim muassasasining o‘quv yili boshiga” 1 – umumta’lim shakli (yillik) davlat statistika hisobotini eStat 4.0 avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali taqdim etish yuzasidan tushunchalar berdi.
Bundan ko'zlagan asosiy maqsad shuki, respondentlar tomonidan hisobot taqdim etilishida qulayliklar yaratish, hisobot ma'lumotlarini eStat 4.0 avtomatlashtirilgan axborot tizimiga kiritish va elektron taqdim etishda yuzaga keladigan savollarga javob berish, shuningdek tushunmovchiliklar oqibatida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan korrupsion holatlarning oldini olish hamda mehnat statistikasiga oid davlat statistika hisobotlarini to‘liq va o‘z vaqtida qabul qilib olinishini ta'minlashdir.
Matbuot xizmati