21/09/2021

2021- yil 1- sentabr holatiga Namangan viloyatida roʼyxatdan oʼtgan xorijiy kapital ishtirokidagi korxona va tashkilotlar soni 290 tani tashkil etib, ulardan 283 tasi yoki 97,6 % faoliyat koʼrsatmoqda. Bu koʼrsatkich oʼtgan yilning shu davriga nisbatan 32 taga oshgan.

❇️ Xorijiy kapital ishtirokida faoliyat koʼrsatayotgan korxonalarning 10 ta asosiy davlatlar kesimida soni:
? Rossiya – 58 ta
? Xitoy – 52 ta
? Turkiya – 33 ta
? Koreya Respublikasi – 33 ta
? Qozogʼiston – 11 ta
? Hindiston Respublikasi- 13 ta
? Qirgʼiz Respublikasi - 11 ta
?Tojikiston – 10 ta
? Niderlandiya – 7 ta
? Isroil – 5 ta

✅ Maʼlumot oʼrnida, 2021- yilning yanvar-avgust oylarida viloyatimizda 26 ta xorijiy kapital ishtirokidagi korxona va tashkilotlar yangi tashkil etilgan.

Matbuot xizmati