21/09/2021

2020- yil 29- iyundagi Oʼzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʼmitasining xizmatlar sohasi statistikasi uslubiyotini yanada takomillashtirish boʼyicha tasdiqlangan yoʼl xaritasining 2.2 bandiga muvofiq, Oʼzbekiston Respublikasining barcha hududlarini qamrab olgan holda, aholiga xizmat koʼrsatuvchi, yuk tashuvchi va va yoʼlovchi tashuvchi xizmatlarni koʼrsatuvchi jismoniy shaxslarning namunaviy soʼrovnomasini planshet asosida oʼtkazish belgilab oʼtilgan.

Shuningdek, Davlat statistika ishlari dasturi ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yilning 15-17-sentyabr kunlari Namangan viloyatida aholiga xizmat ko‘rsatuvchi jismoniy shaxslarni tanlanma kuzatuvi o‘tkazildi.

Kuzatuvga tushgan faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar soni 842 tani tashkil etib, jami faoliyat ko’rsatayotgan tadbirkorlik subyektlaridan 74 turdagi faoliyat turlari bo’yicha tanlab olindi.

Matbuot xizmati