24/09/2021

✅ O‘zbekiston Respublikasida 2021- yilda sinov tariqasida aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish uchun vaqtinchalik jalb etiladigan xodimlarni o‘qitish bo‘yicha tartib tasdiqlandi

Ushbu tartibda quyidagi asosiy tushunchalar qoʼllaniladi:
? aholini roʼyxatga olish - Oʼzbekiston Respublikasining butun hududida yoki uning muayyan hududlarida oʼtkaziladigan, belgilangan sanada aholining demografik va ijtimoiy-iqtisodiy tavsiflarini belgilovchi shaxsga doir maʼlumotlarni yigʼish hamda ularga  ishlov berish davriy jarayoni;
? roʼyxatga oluvchi xodimlar - Oʼzbekiston Respublikasining aholini roʼyxatga olishga tayyorgarlik koʼrishga va uni oʼtkazishga jalb etilgan, maxsus oʼquvdan oʼtgan voyaga yetgan fuqarolari;
? respondentlar - aholini roʼyxatga olish sanasida Oʼzbekiston Respublikasi hududida boʼlgan Oʼzbekiston Respublikasi fuqarolari, chet el fuqarolari va fuqaroligi boʼlmagan shaxslar, Oʼzbekiston Respublikasida doimiy yashovchi, lekin aholini roʼyxatga olish sanasida uning hududidan tashqarida boʼlgan Oʼzbekiston Respublikasi fuqarolari;

Davlatobot tumani statistika bo‘limi