? 2017-2021- yillarga mo‘ljallangan Harakatlar strategiyasining ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lib hisoblangan ta’lim va fan sohasini rivojlantirish – uzluksiz ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, sifatli ta’lim xizmatlari imkoniyatlarini oshirish, mehnat bozorining zamonaviy ehtiyojlariga mos yuqori malakali kadrlar tayyorlash siyosatini davom ettirishdir.
? Jumladan, Namangan viloyatida ham so‘nggi yillarda sezilarli ishlar amalga oshirildi. 2021- yilning yanvar-avgust oylarida Namangan viloyatida ta’lim sohasidagi xizmatlar hajmi 313,2 mlrd. so‘mga yetdi. O‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur‘ati 135,5 % ni tashkil etdi.
✅ Ma'lumot o‘rnida, bozor xizmatlari umumiy hajmidagi ulushi 4,4 % ni tashkil etdi.
Matbuot xizmati