04/10/2021

MDH statistika qo‘mitasi boshqarma boshlig‘i I.A.Zbarskaya,  BMTning Aholishunoslik jamg‘armasi (UNFPA) Xalqaro eksperti G.V.Sherbakova va qo‘mita Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o‘tkazish boshqarmasi boshlig‘i Q.G.Berduqulov  ishtirokida videokonferensaloqa orqali seminar tashkil etildi.

Mazkur seminarda Davlat statistika qo‘mitasi Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o‘tkazish boshqarmasi, hududiy statistika idoralari vakillari, sinov hududi statistika bo‘limlari xodimlari  qatnashdi.

Tadbir davomida sinov tariqasida aholini ro‘yxatga olish tadbiriga  tayyorgarlik jarayoni masalalari, shartnoma asosida ishga qabul qilinadigan yollanma ishchilarni o‘qitish, ularni ro‘yxatga olish jarayoniga puxta tayyorlash hamda so‘rovnoma blankalarini to‘g‘ri to‘ldirilishi masalalari  ko‘rib chiqildi.

 Bundan tashqari, aholini ro‘yxatga olishning birlamchi ma’lumotlarini elektron bazaga kiritish va yakuniy ma’lumotlarni shakllantirish uchun yaratilayotgan dasturni ishlab chiqish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.

Tadbir so‘nggida 2023- yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishga doir kompleks chora-tadbirlar dasturida belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi yuzasidan tegishli tavsiya va maslahatlar berildi.

Matbuot xizmati