06/10/2021

Namangan viloyatida 2021- yil yanvar-avgust oylari davomida iste’mol mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 4 trln. 652,0 mlrd.so‘mni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich 2020- yilning mos davriga nisbatan 118,9 % ga o‘sgan.

O‘sish suratining ortishiga tayyor mahsulot turlarini kengaytirish va ishlab chiqarilishini qo‘llab quvvatlash bo‘yicha amalga oshirib kelinayotgan chora-tadbirlar natijasi ekanini ko`rish mumkin.

Hududlar kesimida 2021- yilning yanvar-avgust oylarida iste’mol mahsulotlari ishlab chiqarish hajmlari mlrd. so‘m:
?Namangan sh – 2 050,7
?Namangan – 501,6
?To‘raqo‘rg‘on – 371,9
?Chust – 313,2
?Kosonsoy – 324,0
?Uchqo‘rg‘on – 243,9
?Uychi – 193,8
?Mingbuloq – 179,6
?Pop – 155,2
?Yangiqo‘rg‘on – 137,1
?Chortoq – 111,5
?Norin – 69,4 mlrd. so‘mni tashkil etgan.

Ma'lumot o‘rnida, 2021- yil yanvar-avgust oylarida iste’mol mahsulotlari ishlab chiqarishning jami sanoatdagi ulushi 55,8 % ni tashkil etdi.

Matbuot xizmati