2021- yil yanvar-avgust oyi yakuni bo’yicha Namangan viloyati tomonidan 62 davlat bilan tovarlar va xizmatlar importi amalga oshirildi.
Xorijiy davlatlardan import qilingan tovar va xizmatlar tarkibi, mln.AQSH dollar:
? Oziq-ovqat mahsulotlari va tirik hayvonlar - 64.1,
? Qora metallar - 36,8,
? Kimyoviy vositalar va boshqa toifalarga kiritilmagan shunga o‘xshash mahsulotlar - 66,2,
? Mashinalar va transport asbobuskunalari - 143,0,
? Boshqalar - 77,8 mln.AQSH dollarni tashkil etgan.
✅ Tovar va xizmatlar importi dinamikasi tahliliga ko’ra, 2021- yilning yanvar-avgust oylarida import qilingan tovarlar hajmi, o’tgan yilning mos davriga nisbatan 76,6 mln.AQSh dollariga ko‘paydi va 387,9 mln.AQSh dollarini tashkil etdi. Xizmatlar importi esa 0,7 mln.AQSh dollariga yetdi.
Matbuot xizmati