13/10/2021

Joriy yilning yanvar-avgust oylarida viloyatning eksportyorlar soni 415 tani tashkil etib, ular tomonidan 312,7 mln.AQSh.dollari (qimmatbaho metallar eksportidan tashqari) qiymatidagi tovar va xizmatlar eksport qilinishi ta`minlandi. O‘sish sur'ati 2020- yilning mos davriga nisbatan 19,1 % ga ko‘paydi.

2021- yil yanvar- avgust oylarida tovar va xizmatlar eksport tarkibi.

? Sanoat tovarlari - 73,4 %,

? Oziq-ovqat mahsulotlari - 18,2 %,

? Mashinalar va transport asbob-uskunalari - 2,3 %,

? Kimyoviy vositalar va boshqa toifalarga kiritilmagan shunga o`xshash mahsulotlar - 1,3 %,

? Xizmatlar - 2,9 %,

? Qora metal - 0,8%,

? Boshqalar - 1,1 % hissasiga to‘g`ri kelmoqda.

✅ Ma'lumot o‘rnida, 2021- yilning yanvar-avgust oyi yakunida tovar va xizmatlar eksporti bo‘yicha asosiy hamkor davlatlar tarkibida Rossiya Federatsiyasi (eksport umumiy hajmining 42,5 %), Xitoy Xalq Respublikasi (15,1 %), Qirg`iz Respublikasi (12,5 %), Qozog`iston (10,4 %), Turkiya (6,8 %), Ukraina (2,0 %) va Polsha (1,7 %) davlatlari saqlanib qolmoqda, hamda ularning jami eksportdagi ulushi 91,0 foizni tashkil etmoqda.

Matbuot xizmati