2021- yilning 13- oktabr kuni Davlat statistika qo‘mitasi Statistik registrlarni yuritish va tizimli xizmat ko‘rsatish boshqarmasi tomonidan hududiy boshqarmalarning xodimlari malakasini oshirishga qaratilgan videokonferensiya tashkil etildi.
Videokonferensiyada Davlat statistika qo‘mitasi xodimlari va hududiy statistika boshqarmalari vakillari ishtirok etdi. Tadbirda statistik registrlarni yuritish va tizimli xizmat ko‘rsatish, korxona va tashkilotlar statistikasini o‘tkazish usullari bo‘yicha qo‘mita mutaxassislari hududiy statistika boshqarmalari xodimlarining bilim va salohiyatini o‘rgandi.
Seminarda Davlat statistika ishlari dasturida belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash, yuridik shaxslar to‘g‘risidagi ma’lumotlar to‘g‘ri kiritilishi va sifatiga jiddiy e’tibor qaratish, bu borada shaxsiy mas’uliyatni yanada oshirish yuzasidan zarur ko‘rsatmalar berildi.
Seminar yakunida Statistik registrlarni yuritish bo‘limi faoliyatining tashkiliy masalalari yuzasidan seminar ishtirokchilari o‘rtasida fikr-mulohaza almashilib, vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi yuzasidan barcha zarur choralarni ko‘rish lozimligi ta’kidlandi.
Matbuot xizmati