20/10/2021

? Namanganda ayollar koʼpmi yoki erkaklar? degan savolga deyarli barcha ayollar koʼp deb javob berishadi. Koʼpchilik ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilari bir yigitga nechtadir qiz toʼgʼri keladi deb izohlar qoldirishdi. Lekin ishoning rostanam erkaklar soni koʼp. Oxirgi yillarda oʼgʼil bolalar tugʼilishi koʼpaygan. Аynan shuning hisobiga viloyatimizda ayollar soniga nisbatan erkaklar soni oshgan.

♻️ 2021- yilning 1- oktabr holatiga viloyatimizning doimiy aholisi soni ?‍?‍?‍? 2 mln 914,2 ming kishini tashkil etmoqda.

АYOLLАR SONI – 1 mln 433,7 ming nafar
ERKАKLАR SONI – 1 mln 480,5 ming nafar

✅ Erkaklar soni ayollarga qaraganda 46,8 ming nafarga koʼp.

?‍? Аyol rahbarlar boshqaruvida 1 276 ta kichik korxona va mikrofirmalar mavjud.

??‍? Erkak rahbarlar boshqaruvida 21 536 ta kichik korxona va mikrofirmalar mavjud.

Matbuot xizmati