21/10/2021

 2021- yilning yanvar–sentabr oylarida Namangan viloyati boʼyicha yalpi hududiy mahsulot (keyingi oʼrinlarda – YaHM) hajmi joriy narxlarda 24 trln. 145,3 mlrd. soʼmni tashkil etdi va 2020- yilning yanvar-sentabr oylari bilan taqqoslaganda 8,0 % ga oʼsdi.

✅ YaHM deflyator indeksi 2020- yil yanvar-sentabr oylaridagi narxlarga nisbatan 113,9 % ni tashkil qildi.

✅ Aholi jon boshiga hisoblangan YaHM 8 mln. 352,5 ming soʼmni tashkil etdi va bu koʼrsatkich oʼtgan yilning mos davriga nisbatan 5,8 % ga yuqoridir.

✅ Maʼlumot oʼrnida, 2021- yilning yanvar– sentabr oylarida Oʼzbekiston Respublikasi boʼyicha YaIMning shakllanishida Namangan viloyatining qoʼshgan hissasi 4,6 % ni tashkil qildi.

Matbuot xizmati