21/10/2021

Oʼzbekiston Respublikasida Аholini roʼyxatga olishda respondentlarning huquq va majburiyatlari quyidagilardan iborat:
✅ oʼzining shaxsga doir maʼlumotlari nima maqsadda yigʼilayotganligini, ushbu maʼlumotlardan kim va qanday tarzda foydalanishini bilish;
✅ oʼzi uchun toʼldirilgan roʼyxatga olish varaqlari bilan tanishib chiqish, roʼyxatga olish varaqlariga kiritilgan shaxsga doir maʼlumotlarning toʼliqligi va ishonchliligini aniqlashtirish;
✅ roʼyxatga oluvchi xodimlardan tegishli guvohnomani koʼrsatishini talab qilish, rad etilgan taqdirda esa — roʼyxatga olish varagʼidagi savollarga javob bermaslik;
✅ roʼyxatga olish varagʼining shakliga binoan shaxsga doir ishonchli maʼlumotlarni taqdim etish huquqiga ega.
✅ Respondentlar aholini roʼyxatga olishni oʼtkazishga monelik qilmasligi shart.

Davlatobod tumani statistika bo‘limi