29/10/2021

Namangan viloyati bo‘yicha 2021– yilning yanvar– sentabr oylarida barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 195 847 t. meva va rezevor mahsulotlari yetishtirilgan. Bu ko‘rsatkich 2020– yilning yanvar– sentabr oylariga nisbatan 5,0 % ga ko‘paygan.

 ❇️ Namangan viloyati hududlar bo‘yicha meva va rezavorlar yetishtirish hajmi, tonna

?Yangiqo‘rg‘on – 51 690,
?Chortoq – 22 564,
?Chust – 21 710,
?Namangan – 15 944,
?To‘raqo‘rg‘on – 15 630,
?Pop – 15 325,
?Uychi – 12 713,
?Kosonsoy – 11 998,
?Uchqo‘rg‘on – 8 167,
?Mingbuloq – 7 410,
?Norin – 7 176,
?Namangan sh – 5 520 tonnani tashkil etgan.

✅ Ma'lumot o‘rnida, meva va rezevor mahsulotlari yetishtirish ko‘rsatkichlarini xo‘jaliklar toifalari bo‘yicha tahlil qilinganda, poliz ishlab chiqarish umumiy hajmidan 67,7 % i dehqon (shaxsiy yordamchi) xo‘jaliklari hissasiga to‘g‘ri kelishini ko‘rsatmoqda.

Matbuot xizmati