2021- yilning yanvar-sentabr oylarida kichik tadbirkorlik subyektlarining yalpi hududiy mahsulotdagi ulushi 74,8 % ni tashkil etdi. Kichik tadbirkorlik subyektlarining soni har 1000 aholiga 13,0 birlikni tashkil qildi.
2021- yilning yanvar-sentabr oylarida yangi tashkil etilgan kichik korxona va mikrofirmalarning iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha ulushi, % da
? Savdo - 36,8%
? Sanoat -27,8%
? Qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi - 11,1%
? Qurilish - 6,5% ni tashkil qildi.
✅ Ma'lumot o‘rnida, 2021- yilning yanvar-sentabr oylarida 4882 ta yangi kichik korxona va mikrofirmalar (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) tashkil qilindi, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 0,4 foizga kamaygan.
Matbuot xizmati