03/11/2021

Joriy yilning 1- noyabr kuni Davlat statistika qo’mitasida tadbir tashkil etildi. Unda Shveytsariyaning Bern shahrida BMTning 3- Butunjahon ma’lumotlar forumida ishtirok etib qaytgan qo’mitaning Ochiq ma’lumotlar portali faoliyatini monitoring qilish va muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i Akrom Sultanov so‘z yuritdi.

Qo‘mita markaziy apparat xodimlari qatnashgan tadbirda A. Sultanov 3-Butunjahon ma’lumotlar forumida ekspertlar tomonidan ko‘tarilgan masalalar haqida ma’lumot berdi. Xususan,

- internet jahon axborot tarmog‘ida ochiq ma’lumotlar shaklida faoliyat yuritayotgan ilovalar va xizmatlar bozorini shakllantirishga ko‘maklashish;

- ijtimoiy-foydali xizmatlar ishlab chiqishda budjet xarajatlarini tejash;

- davlat organlari o‘rtasida axborot almashish imkoniyatlarini kengaytirish;

- “Ochiq Hukumat” konsepsiyasini amalga oshirish uchun axborot bazasini yaratish;

- davlat organlari faoliyatini nazorat qilish va monitoring olib borish imkoniyati orqali fuqarolik jamiyatini rivojlantirish;

- O‘zbekiston Respublikasining Ochiq ma’lumotlar portali faoliyatini takomillashtirish masalalarida atroflicha to‘xtalib o‘tdi.

Tadbir yakunida ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga batafsil javob berildi.

Matbuot xizmati