Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020- yil 3- avgustdagi “Oʻzbekiston Ryespublikasining milliy statistika tizimini yanada takomillashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 4796-son qarorida belgilangan vazifalarni ijrosini taʼminlash maqsadida Davlat statistika qoʻmitasi tomonidan Qishloq xoʻjaligi vazirligi bilan hamkorlikda oʻquv-seminar tashkil etildi.
Onlayn tarzda tashkil etilgan mazkur seminarda, Davlat statistika qoʻmitasi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Oʻrmon xoʻjaligi Davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, “Oʻzbekbaliqsanoat” hamda “Oʻzparrandasanoat” uyushmalari vakillari, shuningdek, ularning hududiy organlari xodimlari, tuman hokimlarining qishloq va suv masalalari boʻyicha oʻrinbosarlari ishtirok etishdi.
Seminarda Davlat statistika qoʻmitasi raisi o‘rimbosari A. Ikramov va boshqarma boshligʻi Sh.Gʻulomov qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaligi statistikasi boʻyicha koʻrsatkichlarni shakllantirishda foydalaniladigan maʼlumot manbalari, tarmoqqa oid statistik hisobotlarni taqdim etuvchi xoʻjalik yurituvchi subyektlar hamda statistik maʼlumotlarni ochiqligi, shaffofligi va xalqaro standartlarga muvofiqligini taʼminlash borasida davlat statistika organlari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisida batafsil maʼlumot berib oʻtishdi.
Shuningdek joriy yilning yanvar-sentabr oyi yakunlari boʻyicha xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan taqdim etilgan hisobot maʼlumotlari hamda oʻtkazilgan tanlanma kuzatuv natijalari atroflicha tahlil qilindi.
Onlayn tashkil etilgan o‘quv-seminarda ishtirokchilar tomonidan berilgan savollar va takliflarga soha mutaxassislari tomonidan atroflicha javob berildi.
Matbuot xizmati