08/11/2021

Namangan viloyatida, 2021- yilning yanvar-sentabr oylarida asosiy kapitalga 9 trln. 392,7 mlrd. so‘mlik investitsiyalar yo‘naltirildi, shundan 85,5 % jalb qilingan mablag’lar, 23,8 % korxonalar va tashkilotlarning o‘z mablag’lari hisobidan ta’minlandi.

Asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalarning moliyalashtirish manbalari;

? To‘g’ridan-to‘g’ri va boshqa xorijiy investitsiyalar hamda kreditlar - 2 trln. 801,6 mlrd. so‘m,

? Korxonalar mablag’i, mahalliy byudjet va homiy rezident mablag’lari - 2 trln. 234,3 mlrd. so‘m,

? Bank kreditlari va boshqa qarz mablag’lari - 1 trln. 602,1 mlrd. so‘m,

? Aholi mablag’lari - 1 trln. 392,7 mlrd. so‘m,

? Respublika byudjeti - 741,5 mlrd. so‘m,

? O‘zbekiston Respublikasi kafolati bilan chet el kreditlari - 464,1 mlrd. so‘m,

? Suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimlarini rivojlantirish jamg’armasi - 90,7 mlrd. so‘m,

? Tiklanish va taraqqiyot jamg’armasi mablag’lari - 65,6 mlrd. so‘mni tashkil etdi.

✅ Ma'lumot o‘rnida, asosiy kapitaldagi investitsiyalarning katta qismi yangi qurilishga yo‘naltirildi. Yangi qurilishga kiritilgan investitsiyalar hajmi 4 trln. 805,5 mlrd. so‘mni tashkil etdi, bu jami investitsiyalarning 51,2 % ini tashkil etdi.