15/11/2021

Bugungi kunda yashil olamni saqlash va koʻpaytirish davlat siyosati darajasiga koʻtarildi. Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan “Yashil makon” umummilliy loyihasini puxta tayyorgarlik bilan boshlash tashabbusi ilgari surildi.

Ushbu loyiha doirasida yiliga 200 million tup daraxt va buta koʻchatlarini ekish va shu orqali shaharlardagi yashil maydonlarni amaldagi 8 foizdan 30 foizga oshirish reja qilingan.

 

Namangan viloyati statistika boshqarmasi hamda hududiy statistika bo‘limlar xodimlari mazkur aksiyada faol qatnashmoqda.

 Bugungi kunga qadar boshqarma hamda hududiy bo‘limlar tomonidan 500 dan ortiq mevali va manzarali daraxt  koʻchatlari ekildi.

Matbuot xizmati