18/11/2021

2021- yilning 18- noyabr kuni Namangan viloyati Chust tumani 1- sonli kasb-ta'lim maktabi hamda 10- sonli umum ta'lim maktabida “Aholini ro‘yxatga olish ishlariga tayyorgarlik ko‘rish” yuzasidan targ‘ibot ishlari o‘tkazildi.

Tadbirda tuman statistika bo‘limi xodimlari tomonidan Vazirlar Mahkamasininig 2020- yil 11- noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida 2023- yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirilari to‘g‘risida”gi 710-son qarori ijrosi bo‘yicha olib borilayotgan ishlar yuzasidan ma'lumot berildi.

Shuningdek, tadbir davomida aholini ro‘yxatga olishning tashkiliy va metodik tamoyillari, dasturiy-texnik ta'minoti va ma'lumotlarni qayta ishlashning texnologik jarayonlarini sinovdan o‘tkazish bo‘yicha so‘z yuritildi.

Mutaxassislar aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha shu kunga qadar bajarilgan ishlar hamda kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar to‘grisida batafsil ma'lumot berishdi.

Matbuot xizmati