18/11/2021

Tuman va shaharlar kesimida ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi quyidagilar asosida shakllantiriladi:   

a) mos davr uchun yirik tijorat korxonalari bo‘yicha statistika hisobotlari;
b) kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan ko‘rsatilgan xizmatlar hajmini choraklik kuzatuv ma’lumotlari hamda kichik korxonalar va mikrofirmalar uchun yagona yillik hisobot natijalari asosida faoliyati tugatilgan korxonalar bo‘yicha hisoblangan hajmlarni hisobga olgan holda baholash;   
v) fermer xo‘jaliklari va notijorat tashkilotlar tomonidan ko‘rsatilgan xizmatlar hajmini tegishli davlat statistika hisobotlari ma’lumotlariga asosan baholash;   
g) yakka tartibdagi tadbirkorlar va o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar tomonidan ko‘rsatilgan xizmatlar hajmini har chorakda o‘tkaziladigan tanlanma kuzatuv ma’lumotlarining natijalari bo‘yicha baholash.

Manba: O‘z.Res Davlat statistika qo‘mitasining 28.09.2021dagi  №38 qarori

Xizmatlar sohasi statistikasi bo‘limi