15/11/2021

Savolnoma shakllari 5 tadan iborat boʼlib, ushbu shakllarda turar joy xususiyatlari, xonadon qurilgan vaqti, kimning mulki, gaz, suv, elektr va kanalizatsiya bilan taʼminlanganligi, xonadonda yashovchilar soni kabi saollar hamda ushbu xonadonda yashovchilarning shaxsiga doir maʼlumotlari yaʼni tugʼilgan sanalari, millatlari, taʼlim darajalari, chet mamlakatda boʼlganliklari hamda ish bilan taʼminlanganlik yuzasidan savollar mavjud. Shuningdek chet el fuqarolari, ayrim toifadagi shaxslar va vaqtincha yashab turgan joylari boʼyicha savollar tashkil topgan. Ushbu savollarga xonadonda muomila layoqatiga ega boʼlgan fuqarolar tomonidan javob beriladi. Ushbu fuqarolar oila aʼzolari toʼgʼrisida maʼlumotlar taqdim etishlari mumkin. Ushbu shaxsga doir maʼlumot roʼyxatga oluvchi tomonidan oshkor etilmasligi Аholini roʼyxatga olish toʼgʼrisidagi Qonunida aks ettirilib, ishga qabul qilishda shartnomada javobgarlik yuklandi.

Namangan shahar statistika bo‘limi