Viloyatning tashqi iqtisodiy faoliyati, xususan tashqi savdo sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarning pirovard natijasi aholining turmush darajasiga bevosita o`z ta`sirini o`tkazadi.
2021- yil yanvar-oktabr oyi yakuni bilan viloyatning tashqi savdo aylanmasi 887,0 mln.AQSh dollarini tashkil etib, 2020- yilning mos davriga nisbatan 121,6 mln.AQSh dollariga ko`paydi.
Viloyati tashqi savdo aylanmasida eng yuqori ulushga ega top:10 davlatlar
? Rossiya – 251,1 mln.
? Xitoy – 217,7 mln.
? Qozogʼiston – 92,4 mln.
? Turkiya – 85,1 mln.
? Qirgʼiz R. – 63,0 mln.
? Hindiston – 15,7 mln.
? Belorus – 14,6 mln.
? Germaniya – 14,0 mln.
? Ukraina – 13,7 mln.
? Polsha – 13,4 mln. АQSh dollari ni tashkil etdi.
✅ Ma'lumot o'rnida, Namangan viloyati, jahonning 75 dan ortiq mamlakatlari bilan savdo aloqalarini amalga oshirib kelmoqda.
Matbuot xizmati