24/11/2021

Joriy yilning yanvar-oktabr oylarida Namangan viloyatida transport xizmatlari hajmi 1trln. 794,3 mlrd. so‘mga teng bo‘lib, ularning o‘sishi 2020- yilning shu davriga nisbatan 123,1 % ni tashkil etdi. Ko‘rsatilgan bozor xizmatlari umumiy hajmida ushbu turdagi xizmatlarning ulushi 18,9 % ni tashkil etdi.

♻️Turlari bo‘yicha transport xizmatlarining tarkibi (2021- yil yanvar-oktabr oylarida)

?Avtomobil transporti - 93,0 %,

?Pochta va kuryerlik xizmatlar - 6,7 %,

?Omborxona va yordamchi transport xizmatlari - 0,3 % ni tashkil etdi.

Ma'lumot o‘rnida, 2021- yilning yanvar-oktabr oylarida transport xizmatlari umumiy hajmida avtomobil transporti xizmatlarining ulushi 93,0 % ni tashkil etdi.

Matbuot xizmati