Аholini roʼyxatga olishning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
aholining sogʼligʼini mustahkamlash, xotin-qizlar va bolalar yashash shart-sharoitlarini yaxshilash, oilalarga yordam koʼrsatish boʼyicha choralarni ishlab chiqish maqsadida aholi tarkibidagi, mamlakatning demografik vaziyatdagi oʼzgarishlarni baholashga doir maʼlumotlar bazasini kengaytirish;
shaharlarni va boshqa aholi punktlarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning, mehnat resurslarini joylashtirish hamda ulardan foydalanishning uzoq, oʼrta va qisqa muddatli prognozlari hamda dasturlarini tayyorlash;
aholini roʼyxatga olishlar oraligʼidagi davrda aholi soni va tarkibining joriy hisobini, hisob-kitoblarini hamda prognozlarini amalga oshirish;
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari boʼyicha ilmiy tadqiqotlarni oʼtkazish.
Davlatobod tumani statistika bo‘limi