✅ 2021- yanvar-noyabr oylarida, Namangan viloyatida iste’mol mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 6 trln. 709,6 mlrd.so‘mni tashkil etdi va 2020- yilning mos davriga nisbatan 117,2 % ga o‘sgan holda, uning jami sanoatdagi ulushi 55,8 % ni tashkil etdi.
? Hududlar kesimida iste’mol mahsulotlari ishlab chiqarilishining viloyat jami hajmidagi eng yuqori ulushi Namangan shahriga to‘g‘ri kelib, 35,4 % ni, shuningdek, Namangan tumani 13,6 % ni, To‘raqo‘rg‘on tumani 12,6 % ni, Kosonsoy tumani 10,5 % ni tashkil etdi.
? Shuningdek, nooziq-ovqat mahsulotlar ishlab chiqarilishining o‘sish sur’atida yuqori ko‘rsatkich Chust (117,2%), To‘raqo‘rg‘on (165,7 %), Kosonsoy (149,2 %) hamda Pop (131,5 %) tumanlarida qayd etildi.
Matbuot xizmati