30/11/2021

Joriy yilning 29- noyabr kuni Davlat statistika qo'mitasida Narxlar statistikasi bo'yicha texnik yordam missiyasi onlayn rejimda ish boshladi. Ushbu missiya Xalqaro valyuta jamg‘armasining Narx statistikasi bo'yicha mutaxassisi Ronan Liones tomonidan amalga oshiriladi.

mfv_30_11_21_ici1

mfv_30_11_21_ici2

mfv_30_11_21_ici3

Missiyaning maqsadi Davlat statistika qo'mitasiga uy-joy mulklari narxlari indeksini ishlab chiqishda yordam berishdir.

Missiya vakillari ishi davomida boshqaruv organlarining hozirgi turar-joy ko'chmas mulk holati va uy-joy narxlari indekslariga nisbatan umumiy nuqtai nazari, uzoq muddatli ma'lumotlar to'plamlariga alohida e'tibor beradigan potentsial ma'lumot manbalarini ko'rib chiqish, qisqa muddatli va istiqbolli ma'lumot manbalari kabi mavzularni muhokama qildi.

mfv_30_11_21_ici4

mfv_30_11_21_ici5

mfv_30_11_21_ici6

Ushbu missiya ishida Davlat statistika qo'mitasi Narx statistikasi boshqarmasi boshlig'i Muxtor Umarov, Narx statistikasi bo'yicha yig'ma tahliliy ma'lumotlarni shakllantirish bo'limi boshlig'i Javohirbek Jamoliddinov, Ishlab chiqaruvchilar narxlari statistikasi bo'limi boshlig'i Zayniddin Egamshukurov, hamda narxlar statistikasi bo'yicha yig'ma tahliliy ma'lumotlarni shakllantirish bo'limi mas'ul xodimlari ishtirok etmoqda.

Mazkur missiya joriy yilning 3 dekabrigacha davom etadi.

Matbuot xizmati