30/11/2021

 Namangan viloyatida tashqi savdoni qoʼllab-quvvatlash hamda MDH davlatlari bilan ushbu sohadagi hamkorlikni yanada mustahkamlash boʼyicha olib borilayotgan chora-tadbirlar natijasida,
2021- yil yanvar-oktabr oylarida, tashqi savdo aylanmasida MDH davlatlarining ulushi 53,8 % ni yoki 451,8 mln.AQSh dollarni tashkil etib, tashqi savdo aylanmasidagi ulushi 2020- yilning mos davriga nisbatan 15,0 % ga oshgan.

? Soʼnggi uch yilning yanvar-oktabr oylarida MDH davlatlari bilan tashqi savdo aylanmasi hajmi:

?2021- yil - 451,8 mln.AQSh dollar,
?2020- yil - 392,7 mln.AQSh dollar,
?2019- yil - 331,7 mln.AQSh dollarni tashkil etgan.

Maʼlumot oʼrnida: 2021- yil yanvar-oktabr oylarida MDH mamlakatlariga eksport hajmi 280,5 mln.AQSh dollarini tashkil etib, MDH mamlakatlaridan import qilingan tovar va xizmatlar hajmi 171,3 mln.AQSh dollarini tashkil etgan.

Matbuot xizmati