01/12/2021

2021- yilning yanvar-oktabr oylarida Namangan viloyatida oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 2 trln. 171,8 mlrd. soʼmni tashkil etdi va 2020- yilning mos davriga nisbatan 119,4 % ga oʼsdi.

♻️ Oʼsish suratining ortishiga tayyor mahsulot turlarini kengaytirish va ishlab chiqarilishini qoʼllab quvvatlash boʼyicha amalga oshirib kelinayotgan chora-tadbirlar natijasi sabab boʼlgan.

Hududlar kesimida 2021- yilning yanvar-oktabr oylarida oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmlari mlrd. soʼm:
?Namangan sh – 1026,6
?Namangan – 237,9
?Uchqoʼrgʼon – 211,8
?Uychi – 120,8
?Pop – 118,0
?Chortoq – 113,3
?Yangiqoʼrgʼon – 73,5
?Chust – 73,4
?Mingbuloq – 59,1
?Norin – 46,4
?Toʼraqoʼrgʼon – 46,1
?Kosonsoy – 44,9 mlrd. soʼmni tashkil etgan.

Maʼlumot oʼrnida, oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqrishdag eng yuqori oʼsish surʼati Mingbuloq tumanida 250,0 % ni tashkil etdi.

Matbuot xizmati