Oʼzbekiston Respublikasida aholini roʼyxatga olishni oʼtkazishga koʼmaklashish boʼyicha respublika komissiyasi:
aholini roʼyxatga olishga tayyorgarlik koʼrish va uni oʼtkazish bilan bogʼliq chora-tadbirlar oʼz vaqtida hamda sifatli bajarilishini taʼminlaydi;
aholini roʼyxatga olishga tayyorgarlik koʼrish va uni oʼtkazishga doir ishlar jarayonining muvofiqlashtirilishi va monitoringini amalga oshiradi;
aholini roʼyxatga olish natijalarining tahlilini oʼtkazadi;
aholini roʼyxatga olishga tayyorgarlik koʼrish va uni oʼtkazishni moliyalashtirish, aholini roʼyxatga olish materiallariga ishlov berishni tashkil etish va uning yakuniy natijalarini eʼlon qilish masalalariga doir takliflarni koʼrib chiqadi;
aholini roʼyxatga olishga tayyorgarlik koʼrish hamda uni oʼtkazishda ishtirok etish uchun jismoniy va yuridik shaxslarni ularning ishiga haq toʼlash masalalarini hal qilgan holda jalb etishni tashkil etadi;
xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik qilishni amalga oshirish boʼyicha takliflar ishlab chiqadi.
Oʼzbekiston Respublikasida aholini roʼyxatga olishni oʼtkazishga koʼmaklashish boʼyicha respublika komissiyasini shakllantirish va uning faoliyatini tashkil etish tartibi Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilanadi.
Oʼzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʼmitasi Oʼzbekiston Respublikasida aholini roʼyxatga olishni oʼtkazishga koʼmaklashish boʼyicha respublika komissiyasining ishchi organidir.
Davlatobot tumani statistika bo'limi