02/12/2021

Joriy yilning yanvar-oktabr oylarida viloyatning eksportyorlar soni 456 tani tashkil etib, ular tomonidan 402,3 mln.AQSh.dollari (qimmatbaho metallar eksportidan tashqari) qiymatidagi tovar va xizmatlar eksport qilinishi ta`minlandi. O‘sish sur'ati 2020- yilning mos davriga nisbatan 123,8 % ga ko‘paydi.

2021- yil yanvar- oktabr oylarida tovar va xizmatlar eksport tarkibi.

? Sanoat tovarlari - 72,8 %,

? Oziq-ovqat mahsulotlari - 18,0 %,

? Mashinalar va transport asbob-uskunalari - 2,1 %,

? Kimyoviy vositalar va boshqa toifalarga kiritilmagan shunga o`xshash mahsulotlar - 1,3 %,

? Xizmatlar - 3,0 %,

? Qora metal - 0,8%,

? Boshqalar - 2,0 % hissasiga to‘g`ri kelmoqda.

Ma'lumot o‘rnida, 2021- yilning yanvar-oktabr oyi yakunida tovar va xizmatlar eksporti bo‘yicha asosiy hamkor davlatlar tarkibida Rossiya Federatsiyasi (eksport umumiy hajmining 41,5 %), Xitoy Xalq Respublikasi (15,0 %), Qirg‘iz Respublikasi (13,9 %), Qozog‘iston (9,4 %), Turkiya (7,2 %), Ukraina (2,1 %) va Polsha (1,6 %) davlatlari saqlanib qolmoqda, hamda ularning jami eksportdagi ulushi 90,6 foizni tashkil etmoqda.

Matbuot xizmati