✅ 2021- yil yanvar-oktabr oylarida yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar hajmi 198,2 mlrd. so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 44,5 mlrd. so‘mga ko‘paydi.
✅ Oziq-ovqat va ichimliklar bilan ta’minlash bo‘yicha xizmatlar – oziq-ovqat mahsulotlari va ichimliklar yetkazib berish bo‘yicha qo‘yilgan ustamadan tashqari, ovqat tayyorlashda ishlatilgan va qayta ishlanmagan holda sotilgan mahsulotlar qiymatini o‘z ichiga oluvchi aylanma qiymatdir.
✅ Yashash bo‘yicha xizmatlar hajmi – qisqa muddatli turar joy bilan ta’minlash bo‘yicha ko‘rsatilgan xizmatlar (mehmonxonalar, otellar, motellar va boshqa turar joylar) qiymatini o‘z ichiga oladi.
Yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar tarkibi, % da
? Yashash bo‘yicha xizmatlar- 22,6 %,
? Oziq-ovqat va ichimliklar bilan ta’minlash bo‘yicha xizmatlar - 77,4 % ni tashkil etdi.
Matbuot xizmati