07/12/2021

2021- yilning yanvar-oktabr oylarida Namangan viloyatida nooziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 3 trln. 940,2 mlrd. soʼmni tashkil etdi.

♻️ Oʼsish suratining ortishiga tayyor mahsulot turlarini kengaytirish va ishlab chiqarilishini qoʼllab quvvatlash boʼyicha amalga oshirib kelinayotgan chora-tadbirlar natijasi sabab boʼlgan.

Hududlar kesimida 2021- yilning yanvar-oktabr oylarida nooziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmlari mlrd. soʼm:
?Namangan sh – 1 784,51
?Toʼraqoʼrgʼon – 426,7
?Kosonsoy – 354,8 
?Chust – 319,0 
?Namangan – 272,0 
?Mingbuloq – 201,6 
?Uychi – 134,8 
?Pop – 104,5
?Yangiqoʼrgʼon – 99,9
?Chortoq – 94,7
?Uchqoʼrgʼon – 90,8
? Norin – 56,8 mlrd. soʼmni tashkil etgan.

Maʼlumot oʼrnida, Shuningdek, nooziq-ovqat mahsulotlar ishlab chiqarilishining o‘sish sur’atida yuqori ko‘rsatkich To‘raqo‘rg‘on (165,0 %), Kosonsoy (140,4 %), Pop (125,3 %) hamda Chust (123,4 %) tumanlarida qayd etildi.

Matbuot xizmati