Roʼyxatga olish 2023- yil 1 — 25 noyabr kunlari oʼtkaziladi va roʼyxatga olish boshlanishining aniq payti 2023- yil 1- noyabr soat 00.00 etib belgilanadi (keyingi oʼrinlarda — roʼyxatga olish sanasi). Roʼyxatga olishni oʼtkazish davomiyligi — 25 kun.
Respondentlarning shaxsga doir maʼlumotlarini yigʼishda roʼyxatga olish sanasidan keyin sodir boʼlgan demografik holatlar hisobga olinmaydi. 2023- yil 1- noyabrdan keyin tugʼilgan bolalar uchun roʼyxatga olish varagʼi shakllari va boshqa roʼyxatga olish hujjatlari toʼldirilmaydi, biroq ushbu sanadan keyin vafot etgan shaxslar uchun toʼldiriladi. Bunda vafot etgan shaxs toʼgʼrisidagi maʼlumotlar uning voyaga yetgan, muomala layoqatiga ega oila aʼzolari yoki mahalla idorasidagi mavjud maʼlumotlar asosida toʼldiriladi.
Davlatobod tumani statistika bo‘limi