“O‘zbekiston Respublikasining davlat madhiyasi to‘g‘risida”gi qonun 1992- yil 10- dekabrda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining o‘n birinchi sessiyasida qabul qilinib, ushbu sana har yili keng nishonlanib kelinmoqda. Qonunda belgilanganidek, madhiyamiz davlat suverenitetining ramzi hisoblanadi, unga zo‘r ehtirom bilan qarash har bir fuqaroning vatanparvarlik burchidir.
Mustaqillik yillarida xalqimizning ma’naviyatini yuksaltirish, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda. O‘zbekiston Respublikasining madhiyasi yoshlarda Vatanga muhabbat, boy tariximizga, milliy o‘zligimizga chuqur hurmatni shakllantirishda, farzandlarimizning har tomonlama barkamol va yetuk insonlar bo‘lib voyaga yetishida muhim tarbiyaviy vosita bo‘lib xizmat qilmoqda.
Mustaqil mamlakatimiz yuksak taraqqiyot, buyuk kelajak barpo etish sari odimlashda davom etadi, ulug‘ xalqning mangu qushig‘i – madhiyamiz xalqimiz, farzandlarimiz qalbidan chuqur joy olib, olam uzra baralla yangrayveradi. Madhiyamiz ona Vatanimizdan g‘ururlanishga, mustaqilligimizni mustahkamlashga, bugunimizning qadriga yetishga, yangi marralarni zabt etishga undayveradi.
– Madhiya – qalbida o‘z Vataniga muhabbat va sadoqat tuyg‘usi bor har qanday kishida milliy g‘urur, o‘ziga xos faxr, eng muhimi yurtga mehr uyg‘otadi.
– Bu milliy timsolda xalqning o‘tmishi, buguni va kelajagi, shuningdek, ziynati, orzu-o‘yi, maslak-maqsadi mujassam.
Ushbu bayram munosabati bilan, joriy yilning 10- dekabr – O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan Namangan viloyati statistika boshqarmasida bayram tadbiri tashkil etildi. Unda viloyat statistika boshqarmasi rahbariyati hamda xodimlari ishtirok etishdi.
Tadbir avvalida davlatimiz madhiyasi tinglandi. Shuningdek boshqarma boshlig'i S. Melixujayev Davlat madhiyasi qabul qilinganligini 29 yilligi munosabati bilan boshqarmadagi barcha xodimlarni samimiy muborakbot etdi.
Bu kadi ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar barcha shahar va tumanlarida bo‘lib o‘tmoqda.
Matbuot xizmati