10/12/2021

Joriy yilning 10- dekabr kuni Viloyat statistika boshqarmasida Namangan Davlat Universiteti talabalariga " Namangan viloyatida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlanishi hamda O‘zbekiston Respublikasida 2023- yilda Aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik koʼrish va uni o‘tkazish " mavzusida ochiq muloqot tashkil etildi.

  Unda, viloyat statistika boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari B. Raxmanov, Ishbilarmonlik muhiti kuzatuvlari, tadbirkorlikni rivojlantirish statistikasi bo'limi bo‘limi boshlig‘i R. Jiyanov, Ro‘yxatga olish jarayonlarini  tashkil etish bo‘limi boshlig‘i  N.Najmiddinov hamda Namangan Davlat Universiteti o‘qituvchilari va talabalari ishtirok etdi.

Tadbir avvalida boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosari B. Raxmanov viloyatda statistika sohasida amalga oshirilayotgan ishlar, statistika axborotlarining haqqoniyligi va shaffofligini ta’minlash to‘g‘risida talabalarga tuchunchalar berdi.

Shuningdek, Ro‘yxatga olish jarayonlarini  tashkil etish bo‘limi boshlig‘i N. Najmiddinov O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020- yil  11- noyabrdagi "O‘zbekiston Respublikasida 2023- yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari  to‘g‘risida"gi 710-son Qarorining mazmun mohiyati to‘g‘risida tushuntirishlar berib, aholini ro‘yxatga olishning maqsadi, ro‘yxatga olishning nima uchun zarurligi hamda qarorda aholini ro‘yxatga olish savolnomalari tasdiqlanganligi tog‘risida tushuntirishlar berib o‘tdi.

 Tadbir davomida Ishbilarmonlik muhiti kuzatuvlari, tadbirkorlikni rivojlantirish statistikasi bo‘limi boshlig‘i R.Jiyanov tadbirkorlik subyektlari tomonidan statistik hisobotlarda moliyaviy ko‘rsatkichlarni shakllantirish tartibi, tadbirkorlik subyektlari faoliyati bo‘yicha tanlanma kuzatuvlarini o‘tkazish usullari, kichik tadbirkorlik bo‘yicha statistik ko‘rsatkichlarning shakllantirilishi va ularning tahlili yuzasidan ma’lumotlar berdi.

Tadbir so‘nggida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savol va takliflari bilan murojaat qilishdi. Berilgan savol va takliflarga tarmoq bo‘limlari tomonidan batafsil javoblar berildi.

Matbuot xizmati