13/12/2021

2021- yilning yanvar-oktabr oylarida ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 9 trln. 472,2 mlrd. so‘mga yetdi. Uning nominal hajmi 2 trln. 305,2 mlrd. so‘mga oshdi. Taqqoslama ekvivalentda o‘tgan yilning shu davriga nisbatan o‘sish sur’ati 121,3 % ni tashkil etdi.

Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha ishlab chiqarilgan xizmatlarning asosiy ko‘rsatkichlari (2021- yil yanvar-oktabr oylarida)

?Xizmatlar - jami - 9 472,2 mlrd. so‘m,
?Aloqa va axborotlashtirish xizmatlari 473,3 mlrd. so‘m,
?Moliyaviy xizmatlar 1 565,4 mlrd. so‘m,
?Transport xizmatlari 1 794,3 mlrd. so‘m,
?shu jumladan: avtotransport xizmatlari 1 667,7 mlrd. so‘m,
?Yashash va ovqatlanish xizmatlari 198,2 mlrd. so‘m,
?Savdo xizmatlari 3 068,0 mlrd. so‘m,
?Ko‘chmas mulk bilan bog‘liq xizmatlar 253,9 mlrd. so‘m,
?Ta’lim sohasidagi xizmatlar 427,0 mlrd. so‘m,
?Sog‘liqni saqlash sohasidagi xizmatlar 194,7 mlrd. so‘m,
?Ijara xizmatlari 212,5 mlrd. so‘m,
?Kompyuter va maishiy tovarlarni ta’mirlash bo‘yicha xizmatlar 281,2 mlrd. so‘m,
?Shaxsiy xizmatlar 620,8 mlrd. so‘m,
?Me’morchilik, muhandislik izlanishlari, texnik sinovlar va tahlil sohasidagi xizmatlar 111,8 mlrd. so‘m,
?Boshqa xizmatlar - 271,1 mlrd. so‘mni tashkil etdi.

Ma'lumot o‘rnida, iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha ko‘rsatilgan bozor xizmatlari tarkibida eng katta ulushni savdo xizmatlari egallaydi. 2021- yil yanvar-oktabr oylarida bu xizmatlarning ulushi 32,4 % ni tashkil etdi.

Matbuot xizmati