15/12/2021

Mamlakatimizdagi kabi, viloyatimizda ham qulay ishbilarmonlik muhitini yaratish va tadbirkorlikni jadal rivojlantirish borasida qator ijobiy oʻzgarishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan joriy yilning yanvar-noyabr oylarida Namangan viloyatida yangi tashkil etilgan korxona va tashkilotlarning soni 5 915 tani tashkil etib, o‘sish sur'ati oʼtgan yilning shu davriga nisbatan 100 %ni tashkil etgan.

Yangi tashkil etilgan korxona va tashkilotlar soni (iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha, 2021- yil yanvar-noyabr oylarida, birlikda)

?Savdo – 2 170,
?Sanoat – 1 566,
?Qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi – 604,
?Boshqa turlari – 534,
?Qurilish – 354,
?Yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar – 287,
?Tashish va saqlash – 176,
?Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish – 109,
?Axborot va aloqa – 115 tani tashkil etmoqda.

Matbuot xizmati