15/12/2021

Joriy yil 15- dekabr kuni Davlat statistika qo‘mitasi Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o‘tkazish boshqarmasi tomonidan hududiy statistika boshqarmalari bilan videokonferensaloqa tizimi orqali seminar tashkil etildi.

ichi-15_12_2021-1

Onlayn seminarda hududiy statistika boshqarmalarining Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o'tkazish bo‘limlari hamda tuman va shahar statistika bo‘limlari xodimlari ishtirok etdi.

ichi-15_12_2021-2

Tadbirda viloyatlarda o‘tkazilgan kompleks o‘rganishlar natijasida aniqlangan aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar bo‘yicha kamchiliklar, hududlarda amalga oshirilayotgan targ‘ibot-tashviqot ishlarining holati, aholi punktlarining xaritalarini va aholi soniga aniqlik kiritgan holda xonadonlar ro‘yxatlarini yangilash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.

ichi-15_12_2021-3

Shuningdek, seminarda hududiy statistika organlari xodimlarining aholini ro‘yxatga olishga oid qabul qilingan me’yoriy-huquqiy va uslubiy hujjatlarni bilish darajasi sinovdan o‘tkazildi.

ichi-15_12_2021-4

Hududiy statistika boshqarmalari xodimlariga qo‘mita mutaxassislari tomonidan amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan taklif va tavsiyalar berildi.

Matbuot xizmat