16/12/2021

2020- yilning 1- iyun kuni Prezidentimiz boshchiligida milliy statistika sohasini takomillashtirish chora-tadbirlari bo‘yicha o‘tkazilgan yig‘ilishda kadrlar masalasiga alohida to‘xtalib, statistika tizimining barcha mutaxassis kadrlarini o‘qitish, malakasini oshirish yuzasidan topshiriqlar berilgan edi.

xizmat_151221_ici1

xizmat_151221_ici2

Shundan kelib chiqib, Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan belgilangan aniq reja asosida, qo‘mita markaziy apparati va hududiy statistika idoralari xodimlarini tizimli o‘qitish bo‘yicha dastur ishlab chiqilib, tasdiqlandi.

2021- yilning 15- dekabr kuni Davlat statistika qo‘mitasi Xizmatlar sohasi statistikasi boshqarmasi tomonidan xizmatlar sohasi statistikasini yuritishda xodimlar malakasini oshirishga qaratilgan videokonferensiya tashkil etildi.

xizmat_151221_ici3

xizmat_151221_ici4

Videokonferensiyada Davlat statistika qo‘mitasi xodimlari va hududiy statistika boshqarmalari vakillari ishtirok etdi. Tadbirda xizmatlar sohasi statistikasiga oid atamalar, hisobotlarni qabul qilish usullari bo‘yicha qo‘mita mutaxassislari hududiy statistika boshqarmalari xodimlarining bilim va salohiyatini o‘rgandi.

Shuningdek, Xizmatlar sohasi statistikasi boshqarmasi boshlig‘i Mirzaxidov Abdug‘ofur Yuldashevich xizmatlar sohasi statistikasi ishlarini shakllantirish va takomillashtirish masalalari yuzasidan o‘z takliflarini berib o‘tdi.

xizmat_151221_ici5

Tadbirda qo‘mitaning Xizmatlar sohasi statistikasi boshqarmasi va hududiy statistika boshqarmalari xodimlari sohadagi mavjud muammo va kamchiliklarni muhokama va tahlil qilgan holda tizimni rivojlantirish bo‘yicha fikr-mulohaza almashdi. Hududiy statistika boshqarmalari xodimlariga qo‘mita mutaxassislari tomonidan amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan taklif va tavsiyalar berildi.

Bunday amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan videokonferensiyalar qo‘mitaning boshqa tarmoqlari tomonidan ham tizimli ravishda tashkil etilishi yo‘lga qo‘yilgan.

Matbuot xizmati