16/12/2021

Аholini roʼyxatga olish mamlakatda yashovchi barcha aholiga tegishli boʼlgan demografik, iqtisodiy va ijtimoiy maʼlumotlarni yigʼish, umumlashtirish, baholash, tahlil qilish va eʼlon qilishning yagona jarayonini oʼz ichiga olib, aholi toʼgʼrisidagi maʼlumotlarning asosiy manbai hisoblanadi va u kelgusi 10 — 30 yillik rivojlanishning prognoz koʼrsatkichlarini hisoblash uchun ishonchli poydevor yaratadi, hududlarni rivojlantirish va jamiyatning ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlariga yordam koʼrsatish boʼyicha siyosiy va boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun zarur maʼlumotlarni olish imkonini beradi. U aholi sonini ishonchli hisoblash, shuningdek, aniq belgilab qoʼyilgan yagona hisobga olish davrida aholining jinsi, yoshi, oilaviy ahvoli, maʼlumoti darajasi, yashash sharoiti, bandligi, millati, fuqaroligi hamda boshqa demografik, ijtimoiy va iqtisodiy xususiyatlari boʼyicha yakka tartibda hisobga olish va batafsil tavsiflashning universal usulini ishga solgan holda rasmiy statistika tizimida asosiy rol oʼynaydi.

Davlatobod tumani statistika bo‘limi