Oʼzbekiston Respublikasi hududida yaxlit va xar bir maʼmuriy-hududiy birlik boʼyicha aniq bir vaqtda yashovchi shaxslarning turli tavsiflari toʼgʼrisida xalqaro taqqoslana oladigan ishonchli, xolis va yaxlit maʼlumotlarni yagona statistik uslublar asosida yigʼish aholini roʼyxatga olishning maqsadi hisoblanadi.
Quyidagilar aholini roʼyxatga olishni oʼtkazishning asosiy vazifalari hisoblanadi:
✅ aholi tarkibidagi global oʼzgarishlarni baholash, demografik siyosatni, aholi sogʼligʼini mustahkamlash, ayollar va bolalar ahvolini yaxshilash va oilalarga yordam koʼrsatish chora-tadbirlarini ishlab chiqish uchun axborotlar bazasini kengaytirish;
✅ aholi punktlari va shaharlar infratuzilmasini rivojlantirish, mehnat resurslaridan foydalanish va ularni joylashtirish boʼyicha qisqa, oʼrta va uzoq muddatli prognozlar, dasturlar tayyorlash va indikativ rejalashtirish;
✅ milliy barqaror rivojlanish maqsadlarini shakllantirish va uning amalga oshirilishi ustidan monitoring oʼtkazish;
✅ aholini roʼyxatga olish davrlari oraligʼida aholi soni va tarkibining joriy hisobini yuritish, aholi sonining hisobi va prognozlarini amalga oshirish uchun statistik bazani yaratish;
✅ ijtimoiy-iqtisodiy muammolar boʼyicha ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish.
Davlatobod tumani statistika bo'limi