23/12/2021

2021- yilning 21- dekabr kuni Davlat statistika qo‘mitasi Yuridik bo‘limi tomonidan hududiy boshqarmalarning yuridik xizmatlari uchun videokonferensiya shaklidagi seminar tashkil etildi.

yuridik-23_12_2021-1

Seminarda qo‘mita raisining o‘rinbosari Z. Ziyayev, Yuridik bo‘limi va hududiy statistika boshqarmalarining vakillari ishtirok etdi.

yuridik-23_12_2021-2

Seminarda tizim yuridik xizmatlarida 2021- yilda amalga oshirilgan ijobiy o‘zgarishlar, yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklar hamda kelgusidagi eng ustuvor vazifalar va yo‘nalishlar yuzasidan hududiy statistika boshqarmalari xodimlari bilan fikr almashildi.

yuridik-23_12_2021-3

Davlat statistika qo‘mitasi Yuridik bo‘lim boshlig‘i Vahob To‘xtayev sohaga tegishli qonunchilik hujjatlari bo‘yicha bajarilayotgan ishlar hamda kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar haqida qisqacha to‘xtalib o‘tdi.

yuridik-23_12_2021-4

Seminar davomida tadbir qatnashchilari tomonidan sohada oid mavjud muammo va kamchiliklarni muhokama qilgan holda tizimni rivojlantirish bo‘yicha fikr-mulohazalar almashildi. Hududiy statistika boshqarmalari xodimlariga qo‘mita mutaxassislari tomonidan kelgusida o‘z ishlarida muhim ahamiyat kasb etuvchi taklif va tavsiyalar berildi.

 Matbuot xizmati